Qo'llanma
Sinovla'dan birinchi testingizni yaratishdan natijalarni olishgacha.
Qanday ishlaydi
- 1
Ro'yxatdan o'ting
Telegram, Google yoki email orqali bir necha soniyada kiring. Kredit karta talab qilinmaydi.
- 2
Test yarating
Savollarni qo'lda kiriting yoki tayyor Excel shablonga yozib, bir martada yuklang. Rasm qo'shish, bir nechta savol turi (bitta/ko'p to'g'ri javobli, to'g'ri/noto'g'ri, qisqa javob) qo'llab-quvvatlanadi.
- 3
E'lon qiling
Testni ommaviy (havola yoki QR-kod) yoki shaxsiy (sinf uchun login va PIN) rejimda e'lon qiling. O'quvchilar telefondan ham qulay yechadi.
- 4
Natijalarni ko'ring
Javoblar avtomatik tekshiriladi, 5 ballik bahoga aylanadi. Natijalarni jadvalda ko'ring yoki Excel'ga yuklab oling.
Excel shablon
Savollarni ommaviy kiritish uchun tayyor shablondan foydalaning: har bir qatorga savol turi, matni, javob variantlari va to'g'ri javobni yozing.
Savol-javoblar
Bepul tarifda nima cheklangan?
Bepul tarifda bir vaqtda kamroq aktiv test, kichikroq sinf hajmi va natijalar 20 kundan keyin yopiq bo'ladi. To'liq cheklovlar tariflar sahifasida ko'rsatilgan.
O'quvchim PIN kodini unutdi, nima qilaman?
Sinflar bo'limida o'sha o'quvchi qatoridan PIN'ni tiklang — yangi PIN avtomatik yaratiladi va kartochkada chop etish mumkin.
Testni qayta o'tkazsam, eski natijalar yo'qoladimi?
Yo'q, Pro va Max tariflarida testni qayta e'lon qilganingizda eski natijalar saqlanib qoladi, har bir o'tkazish alohida ko'rsatiladi.
O'quvchilar ro'yxatini kiritishda nimalarga rozilik bildiraman?
Faqat ism va guruh nomi saqlanishiga rozilik so'raladi — telefon raqami yoki boshqa shaxsiy ma'lumot yig'ilmaydi. Batafsil maxfiylik siyosati sahifasida.
Telegram orqali bildirishnoma qanday ishlaydi?
Profil bo'limida botni ulang — test yopilishi, natijalar va shikoyatlar haqida xabarlar keladi.